Tavsiyalarga tayanib…

Date:

Munosib ish ham, mo‘may oylik ish haqi ham xorijda bordek, ko‘plab fuqarolar ishlash uchun xorijga ketishni afzal biladi. To‘g‘ri, u yerda kasb-u kor o‘rganib, tadbirkorlik qilish uchun loyihalarni boshida pishitib qaytadiganlar ham bor. Ammo tayinli ish topa olmay, topsa-da, biri ikki bo‘lmay qaytayotganlar ham yo‘q emas. Ularni munosib ish bilan ta’minlash yoki hayotda o‘z yo‘lini topib, o‘z ishini boshlashi uchun bir turtki, qo‘llab-quvvatlov kerak. Uzun tumani prokurori B.Boymurov ayni maqsadni ko‘zlab, 2-sektor hududidagi “Obizarang” mahallasida migratsiyaga ishlash uchun ketgan fuqarolar xonadonlarini o‘rganib, xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazdi.
E’tirof etish kerakki, migratsiyadan qaytgan fuqarolarning turish-turmushini o‘rganish davomida “Sayxunobod” tajribasi asosida kerakli tavsiya va maslahatlar berilmoqda. Tomorqadan unumli foydalanib, daromad topish yo‘llari o‘rgatilayotir. Tavsiyalarga tayangan fuqarolar esa allaqachon ishga kirishib, ekin-tikin ishlarini boshlab yuborgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun