Fermerlarimiz respublikada birinchilardan

Date:

Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi jadal suratlarda davom etmoqda. G‘allakorlar bor shijoati bilan ishga kirishganini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Hududlarda fermer xo‘jaliklari mo‘l hosil olib, o‘z oldilariga qo‘ygan hirmon marralarini zabt etishmoqda.
Aytish kerakki, vohamizda 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakllantirilgan va ularga 282 ta kombayn, 1 275 ta tashish texnikalari, 130 ta traktor tirkamalari, 127 ta ko‘chma ustaxona va 81 ta yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.
Termiz tumanidagi “Ayritom sardori” fermer xo‘jaligi, Angor tumanidagi “Umid Shoh Angor” fermer xo‘jaligi va Qiziriq tumanidagi “Gold asl chorva” fermer xo‘jaligi dalalarida o‘rim boshlangan birinchi kundan belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun