Surxondaryoda ilk bor

Date:

Milliy qadriyatlarimiz yoshlarni o‘zligini tanishga, kechagi kunini unutmaslikka, san’atga, ijodga oshno qilishga xizmat qiladi. Shu ma’noda yosh avlodni xalq og‘zaki ijodi, milliy urf-odamlarimizga oshno etib tarbiyalashimiz lozim. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ilk marotaba Surxondaryo viloyatida “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi Termiz shahridagi 26-maktabda o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi.
Ishtirokchilar etnografik folklor yo‘nalishidagi ashula va raqslar, maqom va baxshichilik, xalq laparlari ijro etdilar. Har bir chiqish va ijro, raqslar yig‘ilganlarni xushnud atdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro va Xorazm viloyatining jamoalariga 1-o‘rin nasib etdi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar, faol ishtirokchilar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun