Harbiylarga yangi xonadon kalitlari topshirildi

Date:

Uy — vatan ichra kichik bir vatandir. Yaqinlarimiz bilan baxtli va sinovli kunlarimizga guvoh bo‘ladigan boshpanagina insonga bir olam xotirjamlik baxsh etadi. “O‘z uying, o‘lan to‘shaging” deya bejizga aytishmagan axir. Qay sohada faoliyat yuritmaylik, qayerda bo‘lmaylik, o‘z uyimiz, boshpanamiz bo‘lishiga intilamiz. Shu ma’noda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiylar uchun yangi xonadonlar foydalanishga topshirildi.
Tantanali tadbirda Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov, tuman sektor rahbarlari, Chegara qo‘shinlari rahbariyati, harbiy pensionerlar, nuroniylar, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi. Tuman hokimi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yangi xonadon kalitlarini tantanali topshirdi. Shuningdek, nuroniylar va mutasaddilar bilan harbiylarga topshirilgan yangi xonadonlarda mehmon bo‘lishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 13 milliard 200 million so‘m bo‘lib, zamonaviy sharoitlarga ega, ikki qavatli, 16 ta xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, vzvod ma’muriy binosi, sport maydonchasi, maktabgacha ta’lim muassasasi va harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtog‘larini bandligini ta’minlash maqsadida tikuvchilik sexi bunyod etilgan.
Ana shunday xursandchiliklar sherobod tumanida ham davom etdi. Sherobod tumani “Chorbog” mahallasida joylashgan harbiy qism xizmatchilariga ham 18 ta ko‘p qavatli xonadonlar tantanali topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun