Yaxshidan bog‘ qolar…

Date:

Joriy yilning kuz-qish mavsumi va bahor oylarida Boysun tumani markazi hamda olis va chekka hududlarida “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida bir qator amaliy ishlar olib borildi. Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.
Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurovning tashabbusi bilan tumandagi Kofrun mahallasida joylashgan “Surhan Gas Chemical Operating Company” hududidagi 100 gektar bo‘sh yerga bog‘ yaratish maqsadida tavsiyalar berib o‘tilgan edi. Bugungi kunda ushbu yerning 10 gektariga barcha agrotexnik ishlar bajarilgan holda 15 ming tupga yaqin 6 turdagi mevali ko‘chatlar ekilib, korxona xodimlari tomonidan ko‘chatlarga ishlov berish, sug‘orish hamda agrotexnik ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Ko‘chat o‘tkazgan bilan u ko‘karib qolmaydi. Yosh niholga alohida e’tibor zarur. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, korxona xodimlari o‘tkazilgan har bir ko‘chatni yil davomida parvarishlashga kelishib olganmiz deydi suhbat davomida korxona mutaxassisi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun