XAVFSIZLIK CHORALARI TEKSHIRILDI

Date:

Istirohat va ko‘ngil ochar bog‘lar yoshlarning sevimli maskanidir. Ayniqsa, turli attraksionlar munosib xordiq chiqarish, ko‘ngil yozishga xizmat qiladi. Ammo birgina ehtiyotsizlik, xavfsizlik choralarining ko‘rilmagani xordiqni chala qilishi, shirin jonga xavf tug‘dirishi hech gap emas.
Sal avval, Termiz shahridagi “Bolajon” istirohat bog‘ida 4 nafar yoshning attraksiondan yiqilib, turli ko‘rinishda jarohat olgani hali yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Toki attraksionlar xavfsizlik talablariga javob bermas ekan, bunday holat har birimiz bilan sodir bo‘lishi mumkin. Oxir-oqibat esa ko‘ngil yozaman deb bir umr nogiron bo‘lib qolishidan, hayotiga nuqta qo‘yilishidan yomoni yo‘q.
Ana shunday holatlarning oldini olsih maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va mamkorlikdagi xizmatlar ishtirokida tumandagi “Diana Nur” istirohat bog‘ida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarninng oldini olish hamda sodir bo‘lganda bartaraf etish, shuningdek, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun