Angorda g‘o‘za gulladi

Date:

Paxtachilik bo‘yicha Surxon dehqon va fermerlari o‘zlarining boy va katta tajriba maktablariga ega. Shu sababdan ham paxta rejasini respublikamizdan birinchilardan bo‘lib vohamiz paxtakorlari bajarib keladi. Bu yil ham erta bahordan shijoat va g‘ayrat bilan yer maydonlariga chigit qadaganlar shu vaqtga qadar agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajardilar. Buni qarangki, qilingan mehnat bugun nishona berib, soha mehnatkashlarini quvontirdi. Dehqonlar tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan agrotexnik tadbirlar natijasida Angor tumanidagi “Zamin Angor” dalalarida g‘o‘za gulladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Angor tumanida har yili ertapishar, hosildor va yuqori sifatli tolaga ega g‘o‘za navlari ekiladi. Joriy yil hosili uchun 4734 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda. Shundan, 2000 gektar maydonga g‘o‘zaning ingichka tolali “Termiz 202” navi ekilgan. Gʻo‘zaning pishish davri 120-130 kunni tashkil qiladi. Har bir bo‘g‘inida 2-3 donadan, ayrimlarida 4 donagacha hosil elementlari bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun