Viloyat hokimi Angor tumanida

Date:

Angor tumanidagi “Tallimaron” mahallasida joylashgan “To‘lqin” oilaviy poliklinikasiga viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov tashrif buyurib, ijtimoiy soha rivoji borasida olib botilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, poliklinikada faoliyat yuritayotgan hamshiralar bilan suhbat qurib, ularning aholiga qilinayotgan xizmati bilan tanishdi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda yosh bolalar o‘rtasida kuzatilayotgan yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. O‘rganishlar natijasiga binoan, yuzaga kelgan kamchilliklarni bartaraf etish maqsadida topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida, “To‘lqin” oilaviy poliklinikasida “Yuqori Tallimaron” va “To‘lqin” mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining 8 459 nafariga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Dinara

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun