Ajrimga chek qo‘yildi

Date:

Jamiyatda huquqbuzarliklar ko‘proq maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi. Muammoning ildizini qidirsangiz, huquqbuzar bola to‘liqsiz oilada ulg‘ayayotgan, otasi yo‘q, yoki ota-onasi xorijda ishlayotgan, yaqin qarindoshlarining qaramog‘ida qolgan bo‘ladi. Aslida esa ota-ona farzandining taqdiri uchun mas’ul, javobgardirlar. Ularning ajralishi, boshqa-boshqa hayot yo‘llarini tanlashlari noto‘g‘ri qarordir. Murosa qilish, oila atalmish qo‘rg‘onni asrab qolish lozim.
Ayni jigatlarni hisobga olgan holda jamiyatimizda tegishli tashkilot va idoralar, mahalla institute bilan hamkorlikda murosai madora, tushuntirish ishlarini olib boradilar. Oilani asrab qolishga, farzandlarni tirik yetim bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sherobod tumani 8-sonli BMSMda ham oilaviy ajrimlarning oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha Surxondaryo tajribasi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda sudlarda va FXDYO bo‘limlarida nizolashayotgan va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Oilalarni yarashtirish bo‘yicha muhokamalarda so‘zga chiqqanlar oila muqaddas ekanligi, nizolar farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tushuntirildi. Ushbu oilaviy yarashtirish muhokamalarida jami 47 dan ortiq oila o‘rganilib, ushbu oilalarning 14 tasi yarashtirildi. Natijada esa 37 nafar bolaning to‘liq oilada kamol topishi ta’minlandi. 8 ta oilaga yarashish uchun qo‘shimcha vaqt berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun