Fuqaro uyidan 317 tup ko‘knori aniqlandi

Date:

Mehnat qilib topganing, qand-u asal totganing deyishadi. Ammo mehnatingiz manfaatingizni, o‘zgalarning zalolatga yuz tutishini ko‘zlasa, bu halokatdir. Denovlik fuqaro ham tomorqasida ko‘knori yetishtirib, nimani maqsad qildi ekan? Mo‘may daromad topishnimi? Yoki kimlarnidir shu og‘uga o‘rgatib qo‘yib, hayotiga xavf solishnimi? Nahotki, moddiy manfaatdorlik o‘zgalarga zarar keltirishdan ustunlik qilsa?
Na shunday so‘roqlarning javobini olishga qiziqqan Buxoro va Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmalarining tezkor tuzilmalari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda mavjud ma’lumotlar Denov tumanida yashovchi fuqarolardan birining xonadoni ko‘zdan kechirildi.
Natijada, haqiqatan ham shubhali o‘simliklar aniqlandi. Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, aniqlangan o‘simliklar 12 tup kannabis hamda 317 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklari ekani tasdiqlandi va ashyoviy dalil sifatida tegishli qonunchilik asosida saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun