Ajrim yoqqasidagi oila yarashtirildi…

Date:

Oila – bu eng buyuk  muaqaddas tuyg‘u, oilaning hamjihatliligi farzandlarimiz  tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga egadir. Oila mustahkam bo‘lsa,  jamiyat ham osoyishta bo‘ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik bo‘lsa, jamiyatning ham tinchi yo‘qoladi va alaloqibat tanazzulga uchraydi.

Bugungi kunda ajrimlar soni tobora ortib borayotganligi hammamizga oydek ravshan. Ilgari qo‘ni-qo‘shnimizning kelini ketib qolibti yoki qizi qaytib kelipti degan shivir-shivir gaplar qulog‘imizga chalinsa, isnotdek tuyulardi. Qizlik uyiga qaytgan qizning ota-onasini aytmaysizmi? Paqir mahalla-ko‘y oldida bosh ko‘tarolmay ko‘chalarda berkinib yurishardi.

Hozirgi paytda falonchini qizi ajrashipti degan gap-so‘zlar oddiy holga aylanib borayotganligi kishini biroz xavotirga. Vaholangki, davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan tegishli farmoniga ko‘ra, har  bir mahallada xotin-qizlar faollari hamda mahalla oqsaqollarini biriktirib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish chora-tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan.

Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari JXX boshlig‘i mayyor J.Jumayev, tuman IIB JXX XPB XKMB katta inspektori podpolkovnik Y.Imomova, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Ravshanova va tumanning “Boymoqli” mahallasi xotin-qizlar faoli M.Buriyevalar bilan birgalikda ushbu mahallada yashovchi, sudda nizolashayotgan ajrim yoqasida turgan oilaning oilaviy nizosi muhokama qilindi va bir nafar farzandi bor ushbu oila yarashtirildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun