Muvaffaqiyat sirlari oshkor bo‘ldi

Date:

Talabalik — baxt. Ayniqsa, dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga kirish, u yerda tahsil olish, shu orqali dunyo ko‘rish hammaga ham orzu qiladigan, ammo hamma ham yeta olmaydigan orzudir. Mana shundy muvaffaqiyatlarga erishishning ham o‘z siri bo‘lsa kerak. Ishonchimiz komilki, bu sir tinimsiz o‘qishda, izlanishda bo‘lsa kerak. Yurtimizda dunyoning nufuzli oliygohlarida tahsil oluvchi yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.


Ular bilan uyushtirilgan muloqot esa yoshlar uchun munosib motivatsiya bo‘lishi, kelgusi hayotlarida kelajak taqdirlarini belgilashga xizmat qilishi aniq. Dunyoning 114 ta nufuzli oliy taʼlim dargohlari talabalari hamda top 100 talikga kirgan xorijiy TestAS va Amazon kampaniyalarida ishlaydigan yoshlar ishtirok etgan ushbu muloqotda Zoom platformasi orqali ulab berildi. Musofirlikda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz oʻzlarining bosib oʻtgan yoʻllari haqida so‘zlab berdilar hamda xorijda qonuniy ishlash toʻgʻrisida ma’lumot va tavsiyalar berdilar. Ochiq muloqotda 800 dan ortiq surxondaryolik yosh ishtirok etib, kerakli maslahat va tavsiyalarni oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun