“Milliy qadriyatlar sayli” jozibasidan bahramand bo‘ldi

Date:

Nafaqat Surxon ahli, balki butun dunyo “Boysun bahori” festivalida bo‘lib, milliy qadriyatlarimiz bilan tanishib, olam-olam taassurotlar olgan bo‘lsa, Termiz davlat universiteti talabalarini ana shu hissiyotlar hali tark etib ulgurmay, universitetda 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli” oʻtkazildi.


— Albatta, bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega, — deydi TerDU rektori A.Toshqulov. — Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat va ajdodlarga hurmat ruhida ulgʻaygan yoshlar hayotda ham katta natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishib kelyapti. Bugungi tahlikali zamonda, ularni bir daqiqa ham boʻsh qoldirmasligimiz zarur…


Saylda talabalar oʻz iqtidor va qiziqishiga qarab “Osh chempionati”da oshpazlik mahoratini ishga solishgan bo‘lsa, “TerDU malikasi” tanlovlari talaba-qizlarning bilim va iqtidorlarini, oila tutumi va pazanda mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ayniqsa, “Arqon tortish”, “Kuch sinashish”, “Tosh koʻtarish” musobaqalarida yigit-qizlar zavq bilan kuch sinashishdi. “Milliy kiyimlar namoyishi” koʻrgazmasi esa barchaning e’tiborini tortib, qiziqishini oshirdi.


Shuningdek, konsert dasturi barchaga birdek manzur boʻldi. Milliy va zamonaviy qoʻshiqlarga raqsga tushgan yoshlarning yana bir kuni mazmunli nihoyalandi. Gʻoliblar hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Oldingi sahifaIqtidorlar kashf etildi
Keyingi sahifaTajribasi ibrat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun