Nuroniylar tashabbus ko‘rsatdi

Date:

Ota-bobolarimiz bundan ming yillar avval ham mevali daraxtlar ekib, mevasidan bahra olishgan, ham tirikchilik qilishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida ham bog‘larimiz xalq joniga ora kirgan. Bu, ayniqsa, frontga ham yordam uchun quruq mevalar jo‘natishga qo‘l kelgan. Buning isboti sifatida urush yillariga bag‘ishlab suratga olingan “41-yil olmalari” filmini aytishimiz mumkin. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz sog‘lom va baquvvat bo‘lishgan.
Mevali daraxtlarni ekish, soyasi va mevasidan bahramand bo‘lishimiz uchun yerga nihol qadaymiz, unib-o‘sishi uchun jon kuydiramiz. Ayniqsa, bunday harakatlar umummilliy harakatga aylanib, butun olamni yashil makonga aylantirishga bel bog‘laganmiz. Ana shunday loyihaga hamohang tarzda Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Obodguzar” mahallasida joylashgan ariq va zovurlar yoqalariga, katta yo‘l chetlariga nuroniy otaxon-u onaxonlar hashar yo‘li bilan 1000 tupdan oshiq olma, shaftoli, o‘rik, uzum, yong‘oq va tut kabi daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
“Baraka fermer xo‘jaligi” suvchilari, mahalla yoshlari ham ushbu tashabbusga jim qarab turmadilar, balki yordamga oshiqishdi. Ko‘pning sa’y-harakati bilan yashil maskan uchun xayrli ishlar qilindi. Avval ekilgan daraxtlarga suv quyilib, osti yumshatildi.

Zafar MIRZAYEV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun