Oromgohlar ta’tilga shaymi?

Date:

Maktablarda o‘quv yili yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. U yog‘i ta’til. Ta’tilni maroqli o‘tkazish uchun esa oromgohlarda munosib shart-sharoitni hozirlash lozim. Ayni maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-apreldagi 04-14-786-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida 2024-yil yoz mavsumida o‘quvchilarni yozgi oromgohlar va sog‘lomlashtirish maydonchalarida dam olishlari uchun faoliyat olib boruvchi pedagog-kadrlar va yetakchilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursi taskil etildi.


O‘quv kursida viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining mas’ul xodimi Dilfiza Niyozova oromgohlar yo‘riqnomasi va ish rejalari bilan yig‘ilganlarni tanishtirib, berilgan savollarga batafsil javoblar berdi. Kurs yakunida o‘quvga qatnashganlarga guvohnomalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun