600 nafar bitiruvchi “Kasblar festivali”ga jam

Date:

Endigina maktabni tamomlab, katta hayotga qadam tashlayotgan norasidalar qaysi kasbning etagidan tutishni bilmasdan qiynalishi, biror bir sohaga kirishishda ikkilanishi natijasida ayrim yoshlar jamiyatda o‘z o‘rnini topishda qiynaladi.

Ta’lim-tarbiya bilan bir qatorda yoshlikdan bolaga ijtimoiy hayotdagi mavjud kasblar haqida, ularning siru-sinoati borasida ma’lumotlar berib borilsa, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan qahramonlar bilan yaqindan tanishtirilsa, uchrashuv va suhbatlash tashkil etib borilsa, o‘ylaymizki, yoshlar hali katta hayotga qadam qo‘ymay turib o‘zini qaysi sohada ko‘rsa, shu sohaga yo‘l oladi.

Termiz tumani kasb-hunar maktabida “Kasblar festivali” va “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilarga mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ta’lim jarayonlari, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quvchilarning o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasida  amaliy mashg‘ulotlarda bajarilayotgan ishlar bevosita tanishtirildi.

Har bir yosh bilim olish bilan birga kasb-hunar sirlarini o‘rganishi, kelajakda o‘z hayot yo‘lini topishda kasbga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Termiz tumani kasb-hunar maktabida o‘quvchilar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha 2 yillik ta’lim olish jarayonlarida kasb-hunarga o‘qitiladi.

Tadbirda 600 nafardan ortiq bitiruvchilar-yoshlar ishtirok etib, ko‘pchiligi mazkur kasb-hunar maktabida tahsil olish istagini bildirishdi.

Jarayonlar bevosita madaniy tadbirlarga ulanib ketgani esa yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun