“Boysun bahori” dunyo OAVlari nigohida

Date:

“Boysun bahori” festivalining bo‘lib o‘tishi dunyo bo‘ylab ovoza bo‘ldi. Turli millat va xalqlar, davlatlar o‘z tillarida festival haqida hikoya qilib, keng omma qalbiga Boysunga kelish, festivalda bo‘lish ishtiyoqini alangalatgani ayni haqiqat.
Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharq mintaqasining yetakchi ommaviy axborot vositalari ham “Boysun bahori” festivali haqida yozishdi. Xususan, Saudiya Arabistonining ommabop “Tourism World”, Marokashning “Al-Inmae” gazetalari, Iroqning yetakchi “Wrkaa News” elektron nashrida e’lon qilingan turkum maqolalarda “Boysun bahori” xalqaro festivalida o‘zbek xalqining urf-odatlari, an’analari qadr topishi, milliy san’ati, milliy sport o‘yinlaridan butun dunyo bahramand bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan.
Ha, “Boysun bahori” bu kunda dunyo ahlini chorladi. Chorlovga munosib ravishda milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz bilan tanishish, go‘zal va jozibakor tabiatimiz, purviqor tog‘larimiz qo‘ynida sayr-u sayohat qilish orzusida bugun “Boysun bahori”ga kelganlar, festival haqida bildirilayotgan fikrlar bizni quvontiradi, qalbimizni mavjlantiradi. Dunyoga bo‘y ko‘rsatayotgan an’analarimiz, xalqimizning bu an’ana-yu qadriyatlarga mushtarakligi, o‘zligi, tarixi bilan faxr-iftixor sezayotgani mehmonlarni hayratlantiryapti. Bu esa “Boysun bahori” sharqona qarashlarning g‘olib chiqayotganining bir ko‘rinishi sifatida bo‘y ko‘rsatayotganidan dalolat.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun