400 ming AQSH dollari miqdoridagi laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi…

Date:

Termiz davlat universitetida ilm-fanni rivojlantirish maqsadida laboratoriyalar faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy texnik bazasini boyitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ana shu maqsadda rektor A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, Xitoy-Markaziy Osiyoda Inson va atrof-muhit “Bir kamar va bir yo‘l” xalqaro qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi rahbari Ma Jianni qabul qildi.
Uchrashuvda TerDUning yangi 750 o‘rinli “Ilmiy-tadqiqot markazi”da arxeologik ilmiy-amaliy laboratoriyasini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Hamkorlikka ko‘ra, markazga talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini beruvchi qiymati 400 ming AQSH dollarli paleobotanika, paleozologiya, antropologiya, sopol, metallar ustida kimyoviy tadqiqot olib boruvchi va restavratsiya laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun