Qiziriq qovunlari eksportga chiqadi

Date:

Tadbirkor birinchi navbatda mablag‘ va vaqt tikkan, mehnat sarf etgan yo‘nalishda yanada ko‘proq daromad olishni o‘ylaydi. Shuning uchun ham biznes loyihani tuzishda yeti o‘lchab bir kesgan, uzoqni o‘ylab, ish boshlagan ma’qul. Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirdimi, uning narx-navosi yuqori bo‘lgan paytda bozorga olib chiqishi, eksportga yo‘naltirish jihatlarini ham inobatga olishi lozim.
Bu har bir hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va aholining real daromadlarini oshirishda ham qo‘l keladi. Qiziriq tumani hokimining ayni maqsaddagi o‘rganish manzili “Surxon lochin” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Ushbu xo‘jalikda eksportbop qovun yetishtirish jarayonlari bilan tanishib, qovunlarni eksportga yo‘naltirish va qovun yetishtirish tajribasini tumanda kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun