Onlayn qabulda 585 nafar fuqaroning murojaati tinglandi

Date:

Onlayn qabullar olis va chekka hududlarda istiqomad qilguvchi fuqarolarning mushkulini oson, uzog‘ini yaqin qilishi aniq. Ayni jihatlarni hisobga olgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish samaradorligini oshirish, ularning uzoq yo‘l bosib, sarson bo‘lishlarini oldini olish maqsadida shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.


Viloyat rahbari Boysun tumani hokimligi studiyasi orqali fuqarolarning murojaatlarini tingladi va o‘znavbatida mas’ullar bilan birgalikda bu murojaatlarga munosib yechim ham izladi. Davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi 585 nafar fuqaroning murojaati tinglandi va ularning yechimi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan sohalar va tarmoqlar hamda hududlar rahbarlariga aniq muddatlar bilan ijroga yo‘naltirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi buyurtmalar portfeli shakllantiriladi

Sanoatsiz davlat iqtisodiyoti rivojlanishi mushkul. Sanoat rivojlansa, ishlab chiqarish...

Milliylik va mohiyat

Til — millat ko‘zgusi! Ona tili esa millatning ruhidir....

Tillar turfa, maqsad yagona

Jahon davlatchiligi tarixiy taraqqiyotidan ma’lumki, milliy masala har bir...

Tezkor, shaffof va qog‘ozsiz

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida sud-huquq tizimini sun’iy...
KunTun
KunTun