Ekoturizm manzillari bunyod etilmoqda

Date:

Turgan gapki, Surxondaryo viloyati ham turizm salohiyati yuqori hudud. Ammo bu salohiyatdan vohada to‘laligicha foydalanilmayotgani yomon. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Surxondaryoda ham turizmga e’tibor kuchaygan. Mehmon uylari, restoranlar, mehmonlar uchun taklif etilayotgan xizmat turlarining kengayayotgani ham fikrimiz isbotidir. Ayniqsa, ekoturizm manzillarining bunyod etilayotgani voha tabiatini, go‘zalligi-yu tarovatini to‘la ochib berishga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Ro‘zigul Safarova Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, tumanda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, “Yashil Makon” loyihasi, kompensatsiya to‘lovlarini tushish holati bilan tanishish bilan birgan tumanning “Imomtepa” mahallasidagi ekoturizm maskanining tashkil etilish jarayonini ham ko‘zdan kechirdi. Albatta, tumanning ekoturizm salohiyatidan to‘g‘ri foydalanish lozim. Bunyod etiladigan ekoturizm maskani esa buning uchun ayni qulay joy. Bu yerda manzarali daraxtlar ekilib, belgilangan muddatda topshirish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun