O‘z vazn toifasida…

Date:

Kurash qonimizda bor, u qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Kurashni o‘rganish shartmas. Bolalikdan kurashib, olishib ulg‘aygan emasmizmi, hayotning, bolalik o‘yinlarimizning o‘zi murabbiy. Shunchaki maydonga tushgan surxon elining alp o‘g‘loni-yu qizi bir harakat bilan raqibini ko‘tarib, yerga urishi, halol yengishi aniq. Bunday g‘alabalar, muvaffaqiyatlar esa kurash musobaqalarida namoyon bo‘ladi.
Xorazm viloyatining Urganch shahri kurash bo‘yicha 2006-2008-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasiga mezbonlik qildi va ushbu musobaqa mardlarni, alplarni maydonga chorladi. Albatta, mard-u maydon bo‘lgan musobaqa qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Tomoshaga berilganlar kurashdan zavq oldi, o‘z qahramonlariga ishqibozlik qilib qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi sportchilari ham munosib ishtirok etdi. Mahliyo Jo‘lliyeva, Charos Lolaxonova, Charos Abdullayevalar o‘z vazn toifalarida g‘oliblar safida bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun