Raqobat shakllansa…

Date:

Har bir pedagog bola e’tiborini jalb etib, o‘ziga qarata oldimi, degak maqsadga yetish oson. Buning uchun zamonaviy metodlar, pedagogik mahorat talab etiladi. Ta’lim-tarbiya maktabdan emas, bog‘chadan boshlanayotganining bosh sababi ham shunda aslida.
Bugungi kunda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ham sifat, ham son jihatdan keskin yaxshilandi. Bu borada Termiz tumanida ham qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, bog‘chalarda barcha sharoitlarni yaratish, bolalarni o‘qish, kasb-hunar hamda sportga yoshlikda qiziqtirish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Tumandagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham mental arifmetika, shaxmat va shashka hamda turli kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish to‘garaklari tashkil etilgan. Tarbiyachi Tozagul Jo‘martova bolalarga shaxmat sirlarini o‘rgatib, aqllarini charxlashga, mustaqil fikrlashga o‘rgatishga jonbozlik ko‘rsatmoqda. Aytish kerakki, ushbu muassasada sog‘lom raqobat shakllanganki, har bir tarbiyachi-pedagog bolalarga nimadir berishga harakat qilishayotir. Bu esa o‘g‘il-qizlarning bilimini oshirishga, ma’naviy olamini kengaytirishga xizmat qilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun