Maktab rahbarlari AQSHda malaka oshiradi

Date:

Ta’lim tizimidami, qay sohada bo‘lmasin, jamoa rahbarning tashabbuskor, bilimli, qat’iyatli, barchani o‘z ortidan ergashtira oladigan, g‘oya va loyihalari bilan barchni hayratlantira oladigan darajada bo‘lishini istaydi. Ayniqsa, maktablarda o‘qituvchi-pedagoglar, o‘quvchi-yoshlar orasida direktor ana shunday hislat va jihatlarga ega bo‘lsa, o‘sha dargohda muvaffaqiyatga erishish osob bo‘ladi va jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham baland bo‘ladi.
O‘z navbatida bunday jihatlar uchun rahbar o‘z ustida ishlashi, tajriba oshirishi muhim. Shu sababdan ham Termiz shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari tashkiloti hamkorligida “The Educational Leadership Development Program” (ta’limda yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi) doirasida namoyish etilgan taqdimot orqali maktab rahbarlari AQSHda malaka oshirish imkoniyati yaratilgani aytib o‘tildi. Mazkur dasturning maqsadi Oʻzbekistondagi maktablarni boshqarish sohasidagi rahbarlik islohotlarini ilgari surishni maqsad qiladi. Ikki yillik dastur maqsadli kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish orqali rahbarlar va ta’lim xodimlarining kasbiy salohiyatini, jumladan, ta’lim sohasida yetakchilik ko‘nikmalarini oshirishga qaratiladi.
Taqdimot davomida barcha dastur ishtirokchilariga ta’limni isloh qilish bevosita maktab direktorlariga bog‘liqligi, ularning o‘z ustilarida ishlashi va zamonaviy boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalarini o‘zlarida mujassam etishlari davr talabi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun