NMTT ish boshladi

Date:

Bolalarning bog‘chalarga qamrovi oshib borayotganidan ko‘rish, sezish mumkinki, kelajak avlod taqdiriga, ertangi kuniga jiddiy qaralmoqda. Ularni maktabga tayyorlash, boshlang‘ich bilim va tasavvur olamlarini kengaytirish, sportga, san’atga, adabiyotga oshno etish, til o‘rgatish uchun birinchi qadam ham bog‘chadan tashlanmoqda. Bugun bog‘chalar bolani ovqatlantirib, ota-onasi ishdan qaytguniga qadar enagalik qilishdan-da kattaroq vazifalar yuklangani masalaning nechog‘lik muhimligini anglatadi.
Ana shunday ishlarning davomi Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qoraqursoq” mahallasida 25 o‘rinli 275-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi. Maskanning ochilish marosimida Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Adinayev, bo‘lim mas’ul xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Mehmonlar bog‘cha bolalari tomonidan tayyorlangan badiiy dasturni tomosha qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayolga ehtirom

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti ayollari...

“Daromadli ayol”: yangi imkoniyat

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan tadbirda Prezident...

Tartib va narx nazoratda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo”...

Hokim stipendiyasi qayta joriy etiladi

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida...
KunTun
KunTun