Surxondaryoda 100 ta uy-joy foydalanishga topshirildi

Date:

Sherobod tumanida saxovatpesha tadbirkor ko‘magida yosh avlod ta’lim-tarbiyasida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar hamda aholi salomatligini mustahkamlashda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘makka muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 100 ta xonadonli zamonaviy turar joy qurilishiga start berilgan edi.
Qisqa muddatlarda mazkur xonadonlar qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘qituvchi va shifokorlarga hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga ushbu xonadonlar kalitlarini topshirdi. Saxovatpesha tadbirkorga minnatdorchilik bildirildi.
Barcha shart-sharoitlari yaratilgan keng va yorug‘, shinam xonalari bor uylarning sohibiga aylangan qorako‘zlarning qalbida quvonch va xursandchilik tantana qilgan. Kimdir mehnati besamar ketmaganidan mamnun bo‘lsa, kimlardir qo‘llab-quvvatlovdan… Ishonchimiz komil, ezgu niyat ila tamal toshi quyilib, kalitlari egasini topgan ushbu xonadonlar bu insonlarga chin ma’noda Vatan bo‘lib, quvonchli, baxtli damlariga guvoh bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun