Topshiriq ijrosi amalda

Date:

Shahrimizda yo‘lsozlik bo‘yicha aytarli muammo yo‘q, ichki yo‘llarimiz-da ravon. O‘z navbatida aholi ham bunday qulaylikdan mamnun. Viloyatimizning tuman va qishloqlarida ham ana shunday shart-sharoitlar yaratish tizimli tarzda amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning joriy yil 14-yanvar kuni Qumqo‘rg‘on tumani “Umid nihollari” mahallasiga tashrifi chog‘ida ushbu mahallaning ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Topshiriqqa asosan “Umid nihollari” mahallasi ichki yo‘llarining 4,8 kilometr masofasi toshlandi va 1,7 kilometr masofasida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Qolaversa, Qumqo‘rg‘on tumani davlat ahamiyatidagi 4R-101 “Jarqo‘rg‘on-Kakaydi-Lalmikor-Qushchekka-Tojikiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 29-30 kilometr oralig‘ida Qumqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari tomonidan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun