Xalqaro festivalda g‘olib…

Date:

Tadbir yoki ishda bo‘lmasin, faol, tashabbuskor, yetakchi insonlarning o‘rni darhol seziladi. Ular yetakchilikni qo‘lga olib, barchani o‘ziga ergashtira oladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida oʻtkazilgan “Navro‘z sadolari” milliy cholg‘ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari X xalqaro festivalida ham shunday bo‘ldi.
E’tirof etish kerakki, ushbu nufuzli festivalda 45 dan ortiq turli davlat ansambl va orkestrlari qatnashishdi. Tadbirni ko‘ngildagidek o‘tkazish va mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirish mezbonlar zimmasiga yanada mas’uliyat yuklashi haqiqat. E’tiborlisi, unda milliy libos va san’at fakultetining “Termiz davlat universiteti xalq cholg‘ulari” orkestr jamoasi ham munosib ishtirok etdi hamda uning rahbari Bekzod Choriyev “Eng yaxshi rahbar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun