Mehnatiga yarasha…

Date:

Dehqonchilig-u bog‘dorchilik, chorvachilik hech qachon bozori o‘lmaydigan soha. Yilning qay faslida bo‘lmasin, band bo‘lishingiz, daromad topishingiz mumkin. Shunday ekan, “nima ish qilsam ekan” deguvchi yoshlarga dehqonchilik sirlarini o‘rgatish, sohani yanada ommalashtirish bugungi davr talabidir.
Shu maqsadda Sho‘rchi tumanidagi “Qoqaydi” mahallasidagi xonadonlardan birida media tur tashkil etildi. Tashrif buyurganlar ushbu media tur orqali aholining tomorqadan samarali foydalanayotganiga guvoh bo‘lib, yiliga 4 marotabagacha hosil olayotgan dehqonlar bilan suhbatlashildi.
To‘g‘ri, mehnatning osoni bo‘lmaydi. Ammo, halol rizq, peshona teri bilan topilganining qadri bo‘lakcha. Bugungi davrimizning qahramonlari ham yer bilan tillashib, halol mehnatni o‘ziga zeb bilayotgan insonlar mehnatlariga yarasha daromad olishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun