Insoniylik — ko‘ngil malhami

Date:

Ulug‘ ayyom arafasida insonlarga yaxshilik qilish, ezgulik ulashishga harakat qilamiz. Bunday sa’y-harakatlarimiz bilan yo‘qsillar ko‘ngli shod bo‘lib, bu dunyoga hali-hamon yaxshilik unutilmaganligiga amin bo‘lishadi. Ana shunday kunlarda Sho‘rchi tumanida alohida parvarish va e’tiborga muhtojlar holidan xabar olinib, ko‘ngil so‘raldi.
— Shunday xayrli kunlarda meni yo‘qlab kelgan tashabbuskorlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, — deydi Zebo Choriyeva. — Tashabbus ko‘rsatib kelganlar dori-darmon olishim uchun yordam berishdi. E’tibor uchun juda xursand bo‘ldim.
Zamondoshlarimiz holidan doimiy xabardor bo‘lib, mehr-muruvvatni, e’tiborni unutmaslik siz-u bizning chin insoniylik burchimizdir. Zero, insoniylik — ko‘ngil malhami.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun