Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar sharafli kuzatildi

Date:

Kindik qonimiz to‘kilgan yer vatandir. Mana shu Vatanga xizmat qilish, uni asrab-avaylab o‘z vatanini qavm-u qarindoshlarini va yaqinlarini himoya qilish har bir o‘g‘lonlarimizning burchidir. Qolaversa, o‘g‘lonlarimiz bolalik chog‘idanoq “katta bo‘lganimda askar bo‘laman! Vatanimga xizmat qilaman!”, deya o‘z oldilariga maqsad qo‘yishadi. Ana shunday maqsadlarini amalga oshirish, vatanga bo‘lgan mehr-muhabbar tuyg‘usini o‘zlariga singdirib tug‘ilib o‘sgan yurtning tinchligini himoya qilish uchun muddatli harbiy qismga borishadi.
Jumladan, Termiz tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kuzatish marosimida so‘z olganlar o‘z yigitlik burchini munosib o‘tab, uylariga ota-onasining bag‘riga sog‘-salomat, yorug‘ yuz bilan qaytayotgan askarlarni qutlab, ularning kelgusi faoliyatiga zafarlar tilashdi.
Shuningdek, xizmat davomida o‘zining namunali xulqi, tashabbuskor va zukkoligi, sport musobaqalarida faol ishtiroki uchun bir guruh askarlar va ularning ota-onalariga harbiy qismning tashakkurnomalari topshirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun