Aviakompaniya nazoratga olindi…

Date:

«HUMO AIR» MCHJ tomonidan yil boshidan shu paytga qadar 284 ta avia reyslar bekor qilingan hamda aviachipta xarid qilgan yo‘lovchilar pullarini qaytarib ololmagan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.
Ta’kidlanishicha, haqiqatan ham O‘rganish davomida aviakompaniya O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining tegishli moddasi buzilganligi aniqlandi. Jumladan, «HUMO AIR» MCHJga bugungi kungacha iste’molchilar tomonidan 3000 nafar murojaat kelib tushgan. Shundan 2000 nafar yo‘lovchining murojaatlari qanoatlantirilib, aviachipta uchun to‘lagan 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ iste’molchilarga qaytarilishi ta’minlandi.
Aviakompaniya tomonidan parvozi amalga oshmagan yo‘lovchilarning ham mablag‘ini qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi foydalanilmagan aviachiptalar uchun iste’molchilarga to‘laqonli to‘lovlarni qaytarish bo‘yicha nazorat o‘rnatildi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun