Qing‘ir ish jazosiz qolmadi

Date:

Elektr energiyasi to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmasak, uyimiz chirog‘i o‘chib qolishi mumkin. Sababi shundaki, hozirgi kunga kelib, har bir xonadonga elektr energiya hamda tabiiy gaz hisoblagich o‘rnatilib, to‘lovlarni onlayn amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bunday tizimning yo‘lga qo‘yilishi xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash bilan bir qatorda korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Biroq, inson nafsini jilovlay olmas ekan. DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli Travus mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi katta ustasi X.B jamiyatga tegishli bo‘lgan to‘rt xil turdagi travus mahsulotlarini noqonuniy tarzda 16 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari davomida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan travus mahsulotlari “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’lumotnomasiga ko‘ra, jami bahosi 21 million 234 ming so‘mni tashkil qilishi aniqlangan.
Hozirda fuqaro X.B.ga nisbatan o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan jamiyat mulkini, mansab mavqeini suiste’mol qilgan holda o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Unutmaylik, hech bir ish javobgarliksiz qolmaydi, albatta, o‘z qilmishiga yarashar jazo muqarrar.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Palyativ va xospis: yagona tizim joriy etiladi

O‘zbekistonda onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash samaradorligini...

Maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida 2026–2027-o‘quv yili...

“Milliy o‘yinlar” festivali o‘tkazildi

Boysun tumanida “Milliy o‘yinlar” festivali tashkil etildi. Tadbir milliy...

Toshkent–Termiz: masofa yanada yaqin

Koreya Respublikasida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari...
KunTun
KunTun