Yangi texnikalar olib kelindi

Date:

Bahor fasli kelishi bilan dalada ish qiziydi. Katta-katta dala maydonlarini shudgorlash, yerga urug‘ qadab, unib chiqib, hosil berguniga qadar qarovni o‘z vaqtida qilish talab etiladi. Bunday paytda eng katta yordamchi, ishni yengil qiluvchi vosita qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda kombaynlaridir. Shu sababdan ham mavsum boshlanishi bilan ularni shay holatga keltirish lozim. Oltinsoy tuman MTPda viloyat hokimi U.Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan onlayn konferensiyada qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar va yangi xarid qilingan texnikalar hamda kombaynlarni shay holatiga viloyatdan biriktirilgan vakillar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Asosiy masala g‘alla o‘rish kombaynlarini to‘liq ta’mirlash maskanlariga kiritilganligi va to‘liq ta’mirdan chiqarilganligi hamda kombayn operatorlariga 2 million so‘mdan pul berilganligini o‘rganish, bank krediti va lizing kompaniyalaridan sotib olingan yangi texnika va agregatlarni fermer xo‘jaliklari rahbarlariga yetkazib berilishini nazoratga olish va hisob-kitobini tahlil qilish kabi mavzularga qaratildi. Unda tuman hokimi B.Maxmatrayemov va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli barcha rahbarlar ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kurash qizgʻin pallada

“Boysun bahori” turizm kompleksi hududida milliy kurash bo‘yicha qizg‘in...

Turizm sohasida yangi imtiyozlar joriy etiladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali sohada bir...

Sport va an’analar uyg‘unligida

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali nafaqat milliy urf-odatlar, qo‘shiq...

Gran-pri va Istanbul sari yo‘l!

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida o‘tkazilgan nufuzli ko‘p yo‘nalishli xalqaro...
KunTun
KunTun