Bolajonlar uchun bag‘rini ochdi

Date:

Ota-ona uchun farzandining ilmli, salohiyatli, kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan komil inson bo‘lib ulg‘ayishidan ortiq baxt yo‘qdir. Farzand tarbiyasida ularni mustahkam ilm olishlari uchun nafaqat ota-onalarimiz, balki bog‘cha tarbiyachisining ham o‘rni kattadir. Tarbiyachi farzandimizga bog‘chada faqatgina enaga sifatida qarabgina qolmay, ularga she’r, qo‘shiq o‘rgatish bilan birga rus, ingliz tilini hamda rassomchilikni ham o‘rgatadi. Ilk marotaba qo‘llariga qalam ushlatib, bolajonlarimizga qiziq bo‘lgan turli xil manzaralarni chizishni o‘rganadi. Bolaligimizni yodga olganimizda, eng avvalo, bog‘chaga borgan kezlarimizni shirin xotira bilan eslaymiz. Bog‘chadagi beg‘ubor bolaligimiz, sho‘x-shodon damlarimiz, she’r aytib, qo‘shiq kuylaganimiz kechagiday yodimizda.
Bog‘cha — bolajonlarimizning ikkinchi uyi deyishimiz mumkin. U yerda o‘zlariga do‘st ortirib, bir oiladek bo‘lib qolgan. Bolajonlar uchun barcha shart-sharoyit mujassam. Jumladan, bugun Sariosiyo tumanidagi “Bo‘yarapush” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi. Sababi, mahallada 180 o‘ringa mo‘ljallangan 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlar uchun bag‘rini ochdi.
Tadbirda tuman hokimi, mutasaddi tashkilot rahbarlari, nuroniylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Budjet mablag‘i hisobidan 4 milliard 600 million so‘m evaziga qad rostlagan bog‘chada zarur jihozlar, musiqa zali, oshxona, shinam yotoqxona va o‘yin maydonchalari mavjud.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun