TerDU: hamkorlikni kengaytirmoqda

Date:

Yurtimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, barcha sohalar uchun manfaatli bo‘lgan kelishuvlarga erishib, shartnomalar imzolanayotganidan voqif bo‘lib turibmiz. Ta’lim tizimida ham Xitoyning Pekin shahrida Oʻzbekiston–Xitoy taʼlim forumi doirasida ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.
A.Toshqulov rahbarligidagi TerDU delegatsiyasi mazkur forum doirasida Xitoyning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan oʻzaro hamkorlik muzokaralarini oʻtkazishga muvaffaq bo‘ldi. Termiz davlat universiteti va Shimoli-G‘arbiy universiteti oʻrtasida yangidan tuzilgan memorandumda talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, xususan, qishki va yozgi lager loyihasini yoʻlga qoʻyish, tadqiqotlar olib borish ham oʻz aksini topgan. Ana shunday kelishuvlar tadbir doirasida Xitoy va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida turli yoʻnalishlar boʻyicha 70 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.
Navbatdagi uchrashuv sport bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim dargohlaridan biri Tianjin sport universiteti bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ushbu universitet bilan o‘zaro tajriba almashish, birgalikda sport ustalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, oʻquv mashgʻulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishga kelishib olindi.
O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun