Ishning “boshi”ni tutish ham bir baxt

Date:

Bugun aholining munosib turmush kechirishida, eng avvalo, ularning bandligini ta’minlash, biror bir kasb-hunarning “boshi”ni tutdirish orqali jamiyatning faol qatlamiga aylantirish ustuvor vazifa sanaladi.
Darhaqiqat, muqim ish o‘rniga ega bo‘lgan inson ro‘zg‘orini uddalaydi, oilasiga baraka kiritadi. Hayotidan va islohotlardan mamnun holda hayot kechiradi. Ishi ko‘ngildagidek bo‘lsa, qarashlari ham, fuqarolik pozitsiyasi ham yaxshi tomonga o‘zgaradi. Boqimandalik kayfiyatiga tushib qolmaslik uchun ham kishi doimo halol mehnat va peshona teri bilan rizq terishi, ish bilan band bo‘lishi kerak. Ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashda esa “Mehnat yarmarkalari”ning ahamiyati yuqori.
Viloyati prokurorining 2024-yil yanvar oyi davomida viloyatning barcha shahar, tumanlarida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkalari” tashkil etish grafik-rejasiga asosan Angor tumanining Madaniyat mahallasida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida 50 taga yaqin korxona va tashkilotlar 162 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 150 nafar fuqaro yarmarkada ishtirok etdi. Yarmarka davomida korxona va tashkilotlarga 11 nafar fuqaro ishga qabul qilindi. 33 nafar fuqaroga kasb-hunar o‘rganishi uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, 106 nafar fuqaroga Mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun