Oybek asarlarini o‘qib…

Date:

Mutolaa inson kamolotida muhim o‘rin tutadi. Kitobga do‘st tutinib, ilmu ma’rifat ummonidan bahramand bo‘lmoqlik lozim. Ayni maqsadda Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida har hafta o‘zbek va jahon adabiyotining yetuk darg‘alari, shoir, yozuvchilari va ularning asarlari haftaligi o‘tkazish an’ana tusini olgan.


Ushbu haftada Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek va uning asarlarini o‘qish tavsiya etildi. Talabalar Oybek ijodiga murojaat qilib, adibning romanlari, she’rlarini o‘qidilar. Yakunlanadigan haftada “Xotiraga bitilgan lahzalar” deb nomlanuvchi ma’rifiy tadbirni tashkil etilib, talaba-yoshlarning adib asarlarini nechog‘lik o‘qishgani sinovdan o‘tkazildi. Unda talabalar 4 ta shart bo‘yicha bellashib, adib hayotiga doir she’rlar hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun