Surxondaryo delegatsiyasi Xitoyda

Date:

Xalqaro hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi yurtimizda barcha sohalarda istiqbolli rejalarning amaliyotga tatbiq etilishiga xizmat qiladi. Bunga ana shunday hamkorlik natijalari misolida ko‘rib, kuzatib turib amin bo‘lmoqdamiz. Navbatdagi hamkorlik aloqalari Xitoy Xalq Respublikasi bilan bo‘ldi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi. Tashrifning birinchi kunida 9 ta kompaniya prezidentlari hamda vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralarda yer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlash, “City” qurish, sog‘liqni saqlash va muqobil energiya sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlat-xususiy sherikchilik asosida M-41 xalqaro magistral yo‘li hamda Amuzang-1 va Amuzang-2 kanallarini ta’mirlash, oqava suv tizimlarini yaxshilash, infratuzilma obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish, Urumchi-Termiz savdo uyini tashkil etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, chigit urug‘chiligini rivojlantirish, metalni qayta ishlash hamda logistika markazini tashkil etish kabi loyihalar yuzasidan kelishuvga erishildi hamda shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Xitoy provinsiyalari gubernatorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyamizning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun