Maktabda radio va gazeta faoliyat yuritmoqda

Date:

Men tahsil olgan oliygohning o‘z gazetasi va radiosi bor edi. Har tanaffusda kursdoshlarimizni jonli efirda miriqib tinglasak, dars jarayonlarida yozgan ijodiy ishlarimiz fakultet gazetasida chop etilib tursa deng, har qanday talaba quvonmay qolmaydi, albatta. Bugun shiddat bilan rivojlanishlar ketayotgan bir paytda nafaqat oliygohlarda, balki maktablarning-da o‘z radio va gazetalari borligi quvonarli hol. Bu o‘quvchi yoshlarni sohaga qiziqishlarini oshirisih bilan birga nutqi va qalamlarini ham charxlaydi.
Sherobod tumanidagi 38-umumta’lim maktabi rahbariyati tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorlarini kashf etish va munosib rag‘batlantirish maqsadida radio va gazeta faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bunga esa oz emas, ko‘p emas 2 yildan oshayotganiga nima deysiz. Shu sabab maktabda yosh ijodkorlarning, so‘zga chechan, qalami o‘tkir yoshlarning safi anchayin kengaygan.
Iqtidorli va izlanuvchan o‘g‘il-qizlarni qamrab olgan maktabning “Parvoz” to‘garagi a’zolari tanaffus vaqtlarida turli radioeshittirishlar olib borishadi. Maktab o‘quvchilari tomonidan erishilayotgan yutuqlar doimiy maktabning “Buyuk yurt” nomli gazetasi va radioda yoritib boriladi.
— Shuningdek, maktabimizda kichik bosmaxona va ovoz yozish studiyasini ham tashkil qilganmiz. Bir so‘z bilan aytganda, biz o‘quvchilarimiz uchun qulay ijodiy muhitni yarata oldik, — deydi maktab direktori Gulchehra Aliboyeva.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun