Yoshlikda olingan bilim…

Date:

Mental arifmetika yoshlarning iqtidorini, aqliy salohiyatini o‘stirishga xizmat qilayapti. Buni anglagan ota-onalar ham farzandlarining ayni o‘qib o‘rganadigan yoshida mental arifmetikani o‘rgatuvchi kurslarga qatnashishi uchun imkoniyat yaratishayotir. Sho‘rchilik Zarina Xasanova, Zahro Abdullayeva, Shoxista Botirovalar ham mental arifmetikani puxta o‘rgangan yoshlardan. Ular mental arifmetika bo‘yicha respublika chempionatida oliy o‘rinni qo‘lga kiritib, Qozog‘iston Respublikasidagi olimpiadaga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgani fikrimizga isbot bo‘la oladi.
Ana shunday o‘quvchilar sonini ko‘paytirishga xizmat qilayotgan “Alfa Geniy” o‘quv markazi esa tumanda yagona. U yerda 3 yilki, mental arifmetika va boshqa fan sirlari o‘rgatib kelinadi. ayni paytda 150 nafar o‘quvchi-yoshlar darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun