SHOHJAHONNING ORZUSI USHALDI

Date:

Denovlik Shohjahon uchun bu yilgi yangi yil esda qolarli bo‘ldi. Unga sovg‘a sifatida aynan orzusidagidek planshet tuhfa etildi.
12 yoshli Shohjahon 1-guruh nogironi. Tumandagi 75-maktabda yakka tartibda ta’lim oladi. Bolakay ijtimoiy tarmoqlar orqali 2023-yilda zamonaviy planshetga ega bo‘lish istagini bildirgan edi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Shohjahonni xursand qilish maqsadida xonadoniga yo‘qlab bordi va bayram sovg‘asi sifatida so‘nggi rusumdagi planshetni topshirdi.
Ajoyib suhbatda bolakay o‘zining intilishlari, kelajakdagi orzulari haqida so‘zlab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun