Yashil maydonlar kengaymoqda

Date:

Ayni qish-qirovli kunlarda viloyatimizga tashrif buyuradigan mehmonlar vohadagi ob-havoni, albatta, tilga olishadi. Qo‘shni viloyatlarda qor yog‘ib, izg‘irin sovuq bo‘lib yotsa-da, Surxondaryoda bahoriy havo hukmron bo‘lishi haqiqat. Shuning uchun ham vohada yilda to‘rt faslda ham ekin ekish, nihol qadash mumkin.
Termiz shahridagi Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab voha iqlimi va tuproq sharoitlariga mos daraxt ko‘chatlari ekildi. Jarayonda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, shaharda, umuman viloyatimizning har bir hududida yashil maydonlarni kengaytirish lozimligini ta’kidladi.
Keltirilgan ko‘chatlarni belgilangan talablar asosida ekish, unishi, parvarishi uchun har biriga mas’ul biriktirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun