Umra ziyoratiga jo‘natdi

Date:

Ko‘pincha saxovatpesha tadbirkor va ishbilarmonlarning qilgan ezgu ishlari haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz. O‘zgalarga namuna qilib ko‘rsatamiz. Maqsad atrofimizda ana shunday insonlar safi kengayib, har birimizni ezgulikka, yaxshilikka chorlashlaridan umidvor bo‘lamiz. Aslida yaxshilik qilish, ezgu ishlarni amalga oshirish uchun boy bo‘lish kerak emas, shunchaki istak va xohish bo‘lsa, kifoya.
Oltinsoy tumanidagi “Shoxcha” mahallasida istiqomat qiluvchi, 2-guruh nogironi 22 yoshli yosh dasturchi Bobur Xursandov ana shunday qalbi pok, ezgulikka oshno yigit. U tuman hokimligi ko‘magi bilan Toshkent shahridagi “Najot ta’lim” o‘quv markazida IT yo‘nalishida tahsil olish barobarida turli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelayotganidan ozmi-ko‘pmi xabarimiz bor. Bobur ana shunday tanlovlardan birining respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 38 million so‘mlik mukofotga ega bo‘lganiga nima deysiz? Bu mablag‘ga qandaydir rejani amalga oshirish, mustaqil hayotga o‘z yo‘lini tanlash mumkin. Ammo, Bobur bunday qilmadi, bu mablag‘ga bobosi va momosini Muborak Umra safariga yubordi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun