Bepul dorilar sotilayotgani tanqid qilindi

Date:

Aholini sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlash, talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini mahalliylashtirish, davolanish standartlari asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish bugungi kun talabi va zaruratidir. Viloyat hokimligida tibbiyot sohasi mutasaddilari hamda farmasevtlar ishtirokida boshlangan yig‘ilishda ayni yo‘nalishdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.


Yig‘ilish davomida bemorlarga davlat shifoxonalarida mavjud diagnostika va laboratoriya tekshiruvi xizmatlari ko‘rsatilmasdan, xususiy klinikalarga yuborilayotganligi, bundan ayrim insofsiz tibbiyot xodimlarining manfaatdor bo‘lib kelayotganligi hamda davolanish chog‘ida fuqarolarga bepul berilishi kerak bo‘lgan dorilar sotilayotganligi tanqid qilindi.
Mutasaddilarga davolash-profilaktika muassasalarida nazoratni kuchaytirish, farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish, talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlarni mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...
KunTun
KunTun