Eldor Shomurodov futbol akademiyasi tashkil etiladi

Date:

Surxondaryoda qanchadan-qancha iqtidorli, futbolga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar ko‘plab topiladi. Ularning iqtidorini yuzaga chiqarib, kelajakda o‘z o‘rnini topib, orzu-havasini ro‘yobga chiqishida, albatta, davlatimiz rahbari tomonidan katta e’tibor va imkoniyatlar yaratilib kelinayotir. Viloyatimizdagi tuman va shaharlarda sportga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlar uchun sport maktablari barpo etilgan. Biroq, viloyatimizning chekka va olis hududlaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, futbol orqali ularning individual qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida vohamizda surxondaryolik taniqli sportchi Eldor Shomurodov futbol akademiyasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan Futbol akademiyasi negizida Eldor Shomurodov futbol akademiyasini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishdi. Qurilish ishlari 2024-yil yanvar oyidan boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, 154 o‘rinli akademiya loyihasida yopiq va ochiq stadionlar, yotoqxona, oshxona hamda boshqa yordamchi binolar bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Tanishuv chog‘ida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha yakuniy ishlarni bajarish hamda qurilishni belgilangan muddatda boshlash topshirig‘i berildi.
Shuningdek, viloyat rahbari tashrif chog‘ida futbol akademiyasida tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi reja va maqsadlari bilan qiziqdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun