JARQO‘RG‘ONDA YANGI YIL SHUKUHI

Date:

Yangi yil bayrami arafasida barcha xonadonlarda dasturxonlarini nozi-ne’matlarga to‘ldirib, shodiyonani to‘kin-sochinlikda kutib olish an’ana tusini olgan. Jarqo‘rg‘on tumanida har bayram arafasida oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilib, tuman ahli uchun katta qulaylik yaratiladi. Bu yil ham shunday bo‘ldi. Tuman hokimi Elmurod Avazov hamda sektor rahbarlari ushbu yarmarkada bo‘lib, bozor faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar shu joyning o‘zida bartaraf etildi. Yarmarkada fuqarolar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozor va do‘konlardagidan arzon narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Arzon va sifatli mahsulotlar xarid qilishayotganidan tuman ahlining boshi osmonda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun