Ko‘krak nishonlari topshirildi

Date:

Diniy bilimlarimizni oshirish maqsadida o‘qib o‘rganamiz, imom-xatiblarning qimmatli fikrlariga, va’zlariga quloq tutamiz. E’tiqodimizni mustahkmlab, atrofdagilarni ham fazilatli bo‘lishga, yaxshiligu ezgulikka chorlaymiz. Ana shunday harakatlarimizni munosib baholash, diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan joriy yildan boshlab “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishonlari ta’sis etilgan.
Suxondaryo viloyati rahbarining diniy soha vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvi bahonasida dinlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni targ‘ib etish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun uch nafar vohadoshimizga Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi. Ko‘ksida mehnatlarining munosib bahosi sifatida porlayotgan nishon taqdirlanganlarning ko‘nglini tog‘dek ko‘tarish bilan birga kelgusi faoliyatlarida mas’uliyat hissini ham bir necha barobar oshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun