Kitobxonlik monitoring qilinadi

Date:

Bugungi kunda hokimliklar, boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan axborot xizmati rahbarlari tashabbusi bilan sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, muammo va kamchiliklarni OAV, jurnalist va blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari orqali keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumanlari, press-tur va ochiq muloqotlar o‘tkazilib kelinayotir. Termiz shahridagi Viloyat bolalar kutubxonasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda tizimda korrupsion holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman avvalida kitobxon o‘quvchilarning badiiy chiqishlari, she’r va ashulalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ishtirokchilar matbuot anjumani asnosida viloyat bolalar kutubxonasida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kitoblar fondi bilan tanishdi. Kitobxon o‘quvchilar bilan suhbatlashib, o‘qigan badiiy adabiyotlari bilan ham qiziqishdi.


Matbuot anjumanida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev jurnalist va blogerlarga kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Darhaqiqat, kutubxona ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda viloyat bolalar kutubxonasining umumiy kitob fondi 104 ming 500 dan ziyodni, viloyat bo‘yicha umumta’lim maktablari kutubxonalarining umumiy kitob fondi qariyb 1 million 200 mingtani tashkil etadi.


Bugungi kunda viloyatda bitta bolalar kutubxonasi va 960 ta maktab kutubxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish borasida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda viloyatdagi umumta’lim maktab kutubxonalarida joriy yilning o‘tgan davri davomida mahaliy budjet, aksiya, xayriya va boshqa tadbirlardan bir qancha adabiyotlar kutubxona fondiga kirim qilindi. Jumladan, Termiz shahridagi 16-umumta’lim maktab kutubxonasiga homiylar tomonidan 5 ming nusxa, Denov tumaniga 7 610 nusxa, Qumqo‘rg‘on tumaniga 3 500 nusxa, Oltinsoy tumaniga 600 nusxa, Sariosiyo tumaniga 7 ming nusxa, Bandixon tumaniga 600 nusxa, Termiz tumaniga 1336 nusxa, Muzrabot tumaniga 2 640 nusxa badiiy adabiyotlar hadya qilingan. Xuddi shunday tuman, shahar umumta’lim maktab kutubxonalarida aksiya tadbirlaridan 30 mingdan ortiqroq badiiy kitoblar kutubxonaga kirim qilindi.


Kun sayin kutubxonalar yangi-yangi adabiyotlar bilan boyiyotgani-ku statistik ma’lumotlardan ham ayon, biroq, bolajonlarning hammasi ham shu kitoblarga do‘stmi, kitob o‘qishni, bilim olishni o‘zining asosiy maqsadi deb qaramoqdami, o‘qilayotgan adabiyotlar o‘quvchi-yoshlarning dunyoqarashi, hayoti va jamiyatdagi o‘rnini belgilashda qanchalik ahamiyat kasb etayotir?
Masalaning eng qaynoq nuqtasi ham ana shu joyida. Yoshlar o‘rtasida bilim-salohiyati, kitobga bo‘lgan munosabati va o‘z navbatida kitoblar ularning tafakkur doirasida o‘rin olganini aniqlash maqsadida ishchi guruh tuzilib, ta’lim va kitobxonlik sifatini aniqlashda monitoringini yuritish esa kutubxonalar va yoshlarning bilimi bilan bog‘liq haqiqiy holatni ko‘rsatib berishda qo‘l keladi. Jurnalistlar tomonidan berilgan shu kabi takliflarga boshqarma boshlig‘i, o‘quvchi tugul, boshqarmaning o‘zida ham hali kitobga do‘st, adabiyotlarni muntazam o‘qiydigan, salohiyati yuqori kadrlar sanoqligina ekanligini og‘rinib gapirdi. Jonkuyar rahbarning ko‘nglidan o‘tayotganlari, diliga ko‘chgan shu on esa viloyatda ta’lim sifati va kitobxonlikning samaradorligi nechog‘lik ekanligini ko‘rsatib qo‘ygandek bo‘ldi.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun