“Men ham eshitaman”

Date:

Nima bo‘lsa bo‘lsin-u, ota-onani farzand bilan sinamasin ekan. Mahmudjonni ikki yoshida eshitishda nuqsoni borligini bilgan ota-onaning holatini, his-tuyg‘ularini tasavvur qilayotgandirsiz. Shunda ham ular yaxshilikka umid bog‘lashdi, tengdoshlaridan ortda qolmasin deb maktabgacha ta’lim tashkilotiga berishdi.
Bog‘chada ham xuddi o‘zi kabi nuqsoni bor bolalar bilan tarbiya topayotgan maskanda jonkuyar va o‘z ishining ustalari bo‘lgan mutaxassislar, defektolog, logopedlar turli mashq va mashg‘ulotlar bilan bolajonlarning nutqini rivojlantirish uchun bor mahoratlarini ishga solishdi.

Mahmudjon hozir 6 yoshda. O‘rganganlari o‘ziga foyda, ota-onasiga taskin va kuch beradi. Maktabgacha ta’lim vazirligi respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda xayrli ishga qo‘l urdi. “Men eshitaman” aksiyasi doirasida Termiz shahridagi 22-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida mutaxassislar tekshiruvidan so‘ng, Mahmudjon yanglig‘ 10 nafar bolaga eshitish moslamalari taqdim etildi. Bolajonlar orasida moslama ulanganida ilk bor eshitganlarni kuzatib turib, hayajondan yuraklaringiz hapqiradi.
Endi ular oyijonlarining erkalashlarini, dadasining chorlovlarini eshita oladi. Tarbiyachilari o‘tkazgan mashg‘ulotlarni imo-ishoralarsiz ham tinglab, javob qaytara olishadi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun